Komilov Turkiya tashqi siyosati rahbari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
06 fevral 2020
3718O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ayni vaqtda Ozarbayjonning Baku shahrida o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Tashqi siyosati rahbari kecha, 5 fevral kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chaqusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalar va joriy yilda qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashilgan.
“Ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Turkiy kengash doirasida muloqotni kengaytirishga o‘zaro qiziqish tasdiqlandi.
Uchrashuvda vazirlar xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar”, deyiladi TIV xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘luni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
LiveBarchasi