Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Turkiyaning Van viloyatida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida 33 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisa munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning sharqidagi Van muzofotida yuz bergan qor ko‘chishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 fevral kuni Turkiyaning Van viloyatida qor ko‘chkisi kuzatildi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing