Komilov Moskvada Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
05 aprel 2019
4924O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketayotgani haqida xabar bergan edik.
Moskvaga yetib borgan Komilov kecha, 4 aprel kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
2018 yilda o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln AQSH dollaridan oshib, avvalgi yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan deyarli 70% ko‘proqni tashkil etgan.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida Turkmanistonning 2019 yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi.