Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga bordi
Jamiyat
−
21:52 714 1 daqiqa
Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi ertaga, 8 oktyabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9 oktyabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.




Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Live
Barchasi