Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
16:12 538 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 oktyabr kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilishicha, Rashid Meredov Samarqand shahrida “C5+1” formatidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.
.jpg)
Suhbat avvalida Rashid Meredov O‘zbekiston rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Shuningdek, O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
.jpg)
“Barcha darajalardagi aloqalar jadal tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat munosabatlari tarixida yangi mexanizm – Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashi tuzildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari izchil oshib bormoqda. “Shovot – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda uchinchi Hududlar forumi va Turkmaniston shaharlarida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Live
Barchasi