Kolya Qirg‘iz jinoiy guruhining qurol-yarog‘ ombori topildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Chuy viloyati Olamiddin tumanida qurol-yarog‘ ombori topildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ombor Qamchi Ko‘lboyev (Kolya Qirg‘iz)ning uyushgan jinoiy guruhi a’zolariga tegishli. 

Aniqlanishicha, qurol Chuy viloyati, Olamiddin tumani, Arashan qishlog‘idagi qabristondan topilgan. Qabr toshlaridan birida ikkita kulrang polipropilen qop aniqlangan. Ularda turli xil o‘qotar qurollar, to‘pponchalar, Kalashnikov avtomatlari, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar bo‘lgan. 

Sudgacha bo‘lgan ishlar doirasida qurollar olib qo‘yilgan. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan qurol-yarog‘ saqlanishiga aloqador shaxslarni, shuningdek, ulardan uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan sodir etilgan shartnomaviy va fosh etilmagan qotilliklarda foydalanish ehtimolini aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi. Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari, xalqaro siyosatshunos Nikita Mendkovich esa Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonning navbatdagi prezidenti bo‘lishi mumkinligini prognoz qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kolya Qirg'iz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing