“Kolya Qirg‘iz” jinoiy guruhining faol a’zosi qo‘lga olindi

Olam

image

Qirg‘izistonlik marhum kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning uyushgan jinoiy guruhining faol a’zosi ushlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, muqaddam og‘ir jinoyatlarda sudlangan fuqaro S.D. xorijiy davlatlardagi jinoiy tashkilotlar bilan aloqani saqlab qolgan va jinoiy iyerarxiyada yuqori mavqega erishish, hatto “qonun o‘g‘risi” darajasiga yetib borish niyatida bo‘lgan.

Qo‘lga olish va tergov harakatlari davomida mazkur shaxsda o‘qotar qurol – “Makarov” rusumli to‘pponcha va 4,57 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 283-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini sotish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olingan qurol va giyohvand moddalar ekspertizaga yuborilgan.

Bundan tashqari, tergov organlari tomonidan qo‘lga olingan shaxsning noqonuniy qurol savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Kolya Qirg‘iz” vakili Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Hozirda qo‘lga olingan shaxsning jinoiy faoliyatdagi ishtiroki va ehtimoliy aloqalarini aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq marhum kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning uyushgan jinoiy guruhining 3 nafar sobiq a’zosi ushlangandi. Ular buzg‘unchi siyosiy kuchlar bilan respublikada mintaqalararo vaziyatni beqarorlashtirish, hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishga urinish bo‘yicha provokatsion videolavha tayyorlagan. Shuningdek, tadbirkorning katta miqdordagi pulini ham o‘g‘irlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand modda tergov jinoiy guruh Kolya Qirg'iz Qamchibek Asanbek Makarov to'pponchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing