Kolumbiyadagi kuchli zilzila sabab futbol chempionati to‘xtatildi
Sport
−
11 avgust 643 1 daqiqa
Kecha, 10 avgust kuni Kolumbiyaning g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan kuchli zilzila va uning oqibatida yuzaga kelgan vayronagarchiliklar sabab mamlakat futbol chempionati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
“Kolumbiya chempionati rahbariyati mamlakat shaharlari va hududlaridagi vaziyatni baholaganidan so‘ng, shu hafta chempionat doirasidagi barcha tadbirlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu qaror, avvalo, Kolumbiya va ayni paytda qiyinchiliklarga duch kelayotgan barcha insonlarga bo‘lgan sadoqatimizdan kelib chiqadi.
Bunday sharoitda futbol mamlakatga xizmat qilishi va yordamga eng muhtoj bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb hisoblaymiz. Barcha 36 ta klub o‘z kuchlarini jabrlangan jamoalarga yordam berish va tiklanish ishlariga yo‘naltiradi hamda favqulodda vaziyatda mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud imkoniyat va resurslarini taqdim etadi. Futbol bugun kutishi mumkin. Kolumbiya esa bizga muhtoj”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya Geologik xizmati Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Kolumbiya Prezidenti Abelardo de la Espriyellaning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida qurbonlar soni 111 nafarga yetgan. Eng katta zarar Pereyra va Manisales shaharlarida qayd etilgan. Zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Panamada ham sezilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust