Kolumbiya universiteti aspiranti: “O‘zbekiston koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashyapti”

Jamiyat

image

Joriy yilning, 31 mart kuni AQSHning “The Diplomat” nashri Markaziy Osiyo davlatlarining koronavirusga qarshi kurashi haqida maqola e’lon qildi. Maqola muallifi, Kolumbiya universiteti aspiranti Kollin Vud, ushbu kurashda O‘zbekistonning alohida muvaffaqiyatlarga erishayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Bu borada O‘zbekiston Markaziy Osiyoda alohida ajralib turadi. Ushbu mamlakatda koronavirus holati to‘g‘risida to‘liq va shaffof ma’lumot olish imkoniyati bor. 1,2 million obunachisi bo‘lgan Telegram`dagi kanal pandemiya haqida uzluksiz ma’lumot berib turibdi”, deydi Kollin Vud.

Shuningdek, muallif mamlakatda ayrim uyali aloqa kompaniyalari aholi uchun yangiliklar saytiga bepul kirish imkoniyatini yaratganligi haqida ham yozib o‘tgan. Shu bilan birga, maqolada hukumat aholi o‘rtasida vahima tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun karantindagilarning uyali aloqa vositalarini vaqtincha olib qo‘yayotgani samarali usul ekani aytilgan. 

Vudning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari korornavirusga qarshi choralar ko‘rishda xalqaro hamjamiyatga nisbatan "kechikdi".

"Salvador hukumati koronavirus bilan bog‘liq holatlar aniqlanmasidan burun mamlakatda karantin joriy qildi. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston esa koronavirus aniqlangan ilk holatdan so‘ngina jiddiy choralar ko‘ra boshladi" deydi Vud.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 221 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Markaziy Osiyo Koronavirus

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing