Kolumbiya Prezidenti Netanyaxuni genotsidda aybladi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektorida genotsid sodir etgan shaxs sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdii.

“Janob Netanyaxu, siz genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tarixda qolasiz. Minglab begunoh bolalar, ayollar va qariyalar ustiga bomba tashlash sizni qahramonga aylantirmaydi. Siz Yevropada millionlab yahudiylarni yo‘q qilganlar qatorida bo‘lasiz. Genotsid din bilan bog‘liqmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, genotsiddir. Hech bo‘lmaganda davom etayotgan qirg‘inni to‘xtating. Men antisemit emasman va insoniyatning dushmani emasman, agar G‘azo o‘lsa, insoniyat ham o‘ladi", deb yozgan siyosatchi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Falastin xalqining genotsidi natsistlar davrida Yevropadagi yahudiy xalqining genotsidi kabi qabul qilib bo‘lmaydi.

Qayd etish joiz, Netanyaxu Kolumbiya Prezidentini “HAMAS tarafdori” deb atagan va uni antisemitizmda ayblagan edi.

"U HAMAS tarafdori va antisemit, u bizga dars bera olmaydi", deydi Isroil Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiya 3 may kuni Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini rasman e’lon qilgandi. Bogota bu qadamni Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi munosabati bilan qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Kolumbiya G'azo Bin'yamin Netan'yaxu Gustavo Petro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing