Koloniya xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atilmagan — BP qamoqxonadagi suiqasd bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qarshi yaqinidagi Shayxali qamoqxonasida 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atgani va tergov harakatlari boshlangani ma’lum qilingandi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov qamoqxonadagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat do‘konidan chiqib, cho‘ntagida bo‘lgan soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos bo‘lagi (lezviye) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marotaba tilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahkumda yengil tan jarohatlari aniqlangan. Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura vakilining ma’lum qilishicha, Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atgani va tergov harakatlari boshlangani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura qamoqxona

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing