Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Ma’lumki, 2020-2021 o‘quv yili uchun O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari 2020 yil 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar o‘tkazilgan. Bugun 17 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e’lon qilingan. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalaridan bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, saralash imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkazilgan kollej va texnikumlar natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarda texnikum.dtm.uz sayti orqali ham o‘z natijalarini bilish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

kollej DTM texnikum

Baholaganlar

798

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing