Kasb-hunar maktablariga qabul muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
09 avgust 2022
2692Yoshlarga sharoit yaratish maqsadida kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 15 avgustga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan oldin kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 20 iyulga qadar etib belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan 2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
Shundan:
• 149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta;
• 194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta.
Ma’lumot uchun, hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Platformaga:
• tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;
• 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
LiveBarchasi