Kollej va texnikumlarda kontrakt narxlari belgilandi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kollejlar va texnikumlarda tayyorlov yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida bir o‘quvchini o‘qitish qiymati mikdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 

•    Sog‘liqni saqlash, Pedagogika, Biznes va boshqaruv, San’at, Ijtimoiy ta’minot, Xizmat ko‘rsatish, Jurnalistika va ijtimoiy axborot yo‘nalishlari uchun – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,2 barobarida;

•    Tabiiy fanlar, Transport, Muhandislik ishi, Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, Kompyuter texnologyalari va informatika, Gumanitar fanlar (televideniye yo‘nalishi) yo‘nalishlari – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,0 barobarida;

•    Qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va melioratsiyasi, Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, Ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, Arxitektura va qurilish, Hayotiy faoliyat xafvsizligi, Qishloq xo‘jaligi texnikasi, Vetirinariya, Atrof muhit muhofazasi yo‘nalishlari – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,8 barobarida.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi o‘quv semestri boshida mos ravishda oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt

Baholaganlar

505

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing