Koinotning eng gözal ayoli aniqlandi (video)
Olam
−
6401 2 daqiqa
Puerto-Riko vakilasi Jennifer Barreto “Miss Universe – 2026” xalqaro gözallik tanlovida ğolib böldi. 27 yoşli model tanlov tarixida uşbu unvonni qölga kiritgan ilk ona sifatida qayd etildi. Bu haqda tanlovning rasmiy sahifalarida e’lon qilindi.
75-xalqaro tanlov finali Puerto-Rikodagi Xose Migel Agreolot nomidagi Kolizeyda bölib ötgan. Barreto öz vatani nomidan iştirok etib, tomoşabinlarning kuçli qöllab-quvvatlaşiga sazovor bölgan.
.png)
Ma’lumot uçun, Jennifer Barreto 1998 yil 17 dekabr kuni Puerto-Rikoning Mayagues şahrida tuğilgan. U tadqiqot psixologiyasi böyiça bakalavr darajasiga, şuningdek, psixologiya va klinik ijtimoiy iş yönalişlarida ikkita magistrlik darajasiga ega. Barreto 2021 yildan AQŞ Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritib, harbiy oilalarga zöravonlik va bolalarga nisbatan şafqatsiz munosabat bilan boğliq vaziyatlarda yordam körsatgan. U Puerto-Rikodagi Bolalar diabeti assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik qiladi.
.png)
“Miss Universe – 2026” ğolibasi turmuş qurgan va farzandli ayol bölib, tanlov tarixida uşbu maqomdagi ilk ğolibga aylandi. U, şuningdek, tanlov tojini öz mamlakatida qölga kiritgan ikkinçi iştirokçi hisoblanadi.
.png)
Eslatib ötamiz, ötgan yili “Miss Universe – 2025” tanlovida Meksika vakilasi Fatima Boş Fernandes ğolib bölgan edi. Ikkinçi örinni Tailand vakilasi Pravenar Singx egallagan.
Live
Barçasi