Dunyodagi eng go‘zal ayollar yashovchi davlatlar reytingi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Kolumbiya dunyodagi eng go‘zal ayollar yashaydigan mamlakat deb tan olindi. Bunday reytingni demografik ma’lumotlar va statistikaga ixtisoslashgan “World Population Review” saytining ekspertlari tuzdi.

Buning uchun ular ijtimoiy so‘rovnomalar natijalarini va turli go‘zallik tanlovlari yakunlarini tahlil qilgan, shuningdek, jahon yulduzlarining mashhurligini ularning kelib chiqishiga urg‘u bergan holda baholagan.

Dunyodagi eng go‘zal ayollar yashaydigan mamlakatlarning birinchi o‘nligi quyidagicha ko‘rinishga ega:

  1. Kolumbiya;
  2. Polsha;
  3. Gretsiya;
  4. Rossiya;
  5. Chexiya;
  6. Shvetsiya;
  7. Islandiya;
  8. AQSH;
  9. Braziliya;
  10. Yaponiya.

Ro‘yxatning eng so‘nggi qatorlaridan Venesuela, Albaniya va Ispaniya vakilalari joy olgan.

Ekspertlarning bildirishicha, lotin amerikalik ayollar o‘z go‘zalligi bilan dunyoni maftun etgan. Masalan, Braziliyani supermodellar vatani deb atash mumkin – Jizel Byundxen, Adriana Lima haqida ko‘pchilik eshitgan. Kolumbiya esa, dunyoga xonanda Shakira va aktrisa Sofiya Vergara kabi butun jahonga mashhur go‘zallarni taqdim etgan.

Tadqiqotchilar fransuz ayollarining go‘zalligini ham alohida qayd etgan – bu o‘rinda Brijit Bardo, Katrin Denyov va Marion Kotiyyarni yodga olish lozim. Fransiya reytingda 12-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, undan oldingi o‘rinni Germaniya egallagan. Ekspertlar italiyalik ayollarning jozibadorligini ham tilga olgan – bunda Monika Belluchchi, Sofi Loren va Izabella Rossellini kabi yulduzlarning xizmati katta.

Reytingdan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rin olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilingan edi. Ushbu reytingda ikkinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilgan Shveysariya 2026 yilning mutlaq yetakchisiga aylangan. Mamlakat dunyodagi eng yuqori daromad topish imkoniyatlari, qulay tibbiyot, yuqori xavfsizlik standartlari va rivojlangan infratuzilmasi tufayli birinchi pog‘onani egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting eng go'zal ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing