Kogon shahri hokimiga “hayfsan” berildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatidagi Kogon shahri hokimi Hayot Davlatovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

“Mahalla obodligini ta’minlash, shu jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari, aholi xonadonlarida erta bahorgi ekinlarni ekish ishlarini tashkil etish, hashar uyushtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda jiddiy kamchilik va qoloqliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Kogon shahar hokimi Hayot Davlatovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Davlatovga ushbu “hayfsan” viloyat hokimi Botir Zaripovning tegishli farmoyishiga asosan berilgan.

Ma’lumot uchun, Hayot Davlatov 1979 yilda Peshko‘ tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006 yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – menejment, iqtisodchi. 

Eslatib o‘tamiz, Hayot Davlatov 2018 yilda Kogon shahar hokimi etib tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kogon Hayot Davlatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing