Kobaxidze O‘zbekistonga keldi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Ushbu tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqalar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing