Klopp yana ishga qaytdi
Sport
−
09 Oktabr 2024 8991 1 daqiqa
Germaniyalik mashhur murabbiy Yurgen Klopp Red Bull kompaniyasining futbol yo‘nalishi rahbariga aylandi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Red Bull'da 2025 yil boshidan ish boshlaydi. 57 yoshli murabbiy Red Bull kompaniyasi klublari “Leypsig”, Avstriyaning “Zalsburg” va Amerikaning “Nyu-York Red Bulls” jamoalarida xalqaro tarmoqning strategik boshqaruvi bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Shartnomaga ko‘ra, Klopp Germaniya terma jamoasidan taklif olsa, lavozimini bo‘shatib, Bundestim murabbiylik postida ish boshlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kloppning oxirgi ish joyi Angliyaning “Liverpul” klubi bo‘ldi. U o‘tgan mavsum oxirida “mersisaydliklar” murabbiyligidan ketgandi.
Live
Barchasi