Klopp o‘yinlar taqvimi borasida arz-u dod qildi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘yinlar taqvimining zichligidan nolidi va futbolchilarga dam olishlari uchun tanaffuslar berilishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

“Agar barcha futbolchilar tanaffus qilsa, bu muammo emas, balki yaxshi. Muammo boshqa joyda, Jahon chempionatida o‘ynaydigan futbolchilarda, bu odatiy emas. Taqvim juda zich. Men bu haqda gapira boshlaganimda, juda ham g‘azablanaman. Asosiy muammo shundaki, hamma taqvim noto‘g‘ri ekanligini bilsa-da, uni o‘zgartirish uchun hech kim bu haqda tez-tez gapirmaydi. Biror narsa o‘zgarishi kerak. Yil bo‘yi yuqori toifadagi futbolchilarning o‘yinini tomosha qilib, ularning harakatlaridan rohatlanish mumkin emas. Futbolchilarda dam olish uchun imkoniyat bo‘lishi kerak”, degan Klopp.

Germaniyalik murabbiyga ko‘ra, 2022 yilning kuzida Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati ham juda noqulay vaqtda o‘tmoqda.

“Taqvimlar iqlimga o‘xshaydi. Biz hammamiz bilamizki, bu o‘zgarishi kerak, lekin hech kim buning uchun shaxsan nima qilishimiz kerakligini aytmaydi. Nega bu haqda gapirib, taqvimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaymiz? Xonimlar va janoblar, FIFA, Premer liga bir-biringiz bilan gaplashishni boshlang. Bu Jahon chempionati juda nomaqbul vaqtda bo‘lib o‘tadi”, degan “Liverpul” ustozi.

Qayd etish kerakki, FIFA 2026 yildan o‘zi tashkil qiladigan musobaqalar ichida eng kattasi Jahon chempionatidagi terma jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshiradi. Albatta, ushbu qarorni chiqarishdan maqsad ko‘proq terma jamoalarga mundialda ishtirok etish imkoniyatini berish.

Biroq jamoalar soni oshishi bilan o‘yinlar soni ham ko‘payadi. Buning ortidan FIFA kattagina pul ishlaydi. Shuningdek, tez orada Yevropa chempionlar ligasida ham ishtirokchilarning soni 32 tadan 40 taga ko‘paytirilishi mo‘ljallanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yurgen Klopp “Liverpul'”

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing