“Real” argentinalik futbolçini sotib olmoqçi

Sport

−

image

“Real Madrid” kelasi transfer oynasida “Liverpul”ning argentinalik yarim himoyaçisi Aleksis Mak Allisterni sotib olişga harakat qilmoqda. Bu haqda “Sky Sport” naşri xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, madridliklar 27 yoşli argentinalik futbolçini jamoaning markaziy yarim himoyasini kuçaytiriş uçun asosiy nomzodlardan biri sifatida körmoqda. “Real” boş murabbiyi Joze Mourino ham uşbu transferni qöllab-quvvatlamoqda. Portugaliyalik mutaxassis futbolçining jismoniy tayyorgarligi, işçanligi va yakkakuraşlardagi mahoratini yuqori baholagan.

Mak Allisterning “Liverpul” bilan şartnomasi 2028 yilgaça amal qiladi. Biroq naşr ma’lumotiga köra, hozirça klub futbolçi bilan şartnomani muddatidan oldin uzaytiriş böyiça aniq rejaga ega emas.

Argentinalik yarim himoyaçi 2023 yil yozida “Brayton”dan “Liverpul”ga ötgan. U joriy mavsumda barça musobaqalarda 12 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi böldi.

“Transfermarkt” portali futbolçining bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing