Klichko butun dunyoni Rossiya hujumiga qarshi yordamga chaqirdi

Olam

image
Ukrainani yolg‘iz qoldirgan NATO mudofaa rejasini ishga tushirmoqchi north_east

Ukrainani yolg‘iz qoldirgan NATO mudofaa rejasini ishga tushirmoqchi

Og‘ir vazn toifasi bo‘yicha sobiq professional bokschi Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning egizak ukasi Vladimir Klichko butun dunyoni Rossiya Ukrainaga uyushtirayotgan hujumni to‘xtatishda yaqindan yordam berishga chaqirdi. Klichko o‘z iltimosini “Al-Jazeera” telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma’lum qilgan.

Klichko, agar agressiya hozir to‘xtatilmaydigan bo‘lsa, u butun dunyoni qamrab olishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. 

“Bu Yevropadagi urush, agar, biz uni kollektiv tarzda hoziroq to‘xtatmasak…, Xudo ko‘rsatmasin, u butun dunyoni egallaydi”, deya ta’kidlagan Klichko.

Vladimir Klichko mard insonlar vatan himoyasi uchun qo‘liga qurol olgan bir paytda, ba’zilar mamlakatni tark etayotganini tanqid qilgan.

“Shu yo‘l bilan biz hammamiz o‘z hayot yo‘limizni o‘zimiz tanlaymiz”, degan Klichko.

Bundan tashqari, Vladimir Klichko ogohlantirmasdan uyushtirilgan hujum uchun Rossiyani Fashist Germaniyasiga taqqoslagan. 

“Oxirgi marta Kiyev aholisi 1941 yil tong sahar 4:00 da Fashistlar samalyoti uyushtirgan hujum sababli dahshat ichida uyg‘ongan edi. Bu safar ham huddi shu narsa takrorlandi, ertalab soat 4:00 da Kiyevning 5 million aholisi, jumladan men ham kuchli portlash ovozidan uyg‘onib ketdim”, degan sobiq bokschi. 

Unga ko‘ra, ukrainlar dunyodagi eng tinch xalq bo‘lsa-da, ammo birinchi bo‘lib Ukrainaning qo‘shnisi unga hujumni sababsiz boshlagan.  

“Bunga toqat qilib bo‘lmaydi. Bu Kiyev va butun Ukraina tarixidagi dahshatli voqea o‘laroq baholanadi”, deya qo‘shimcha qilgan Klichko.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiyalik taniqli xonanda Valeriy Meladze o‘zining Instagram sahifasi orqali urushni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilib, videomurojaat yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Klichko Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

890

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing