KXSHT missiyasi ozar-arman chegarasida keskinlikni yumshatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi

Olam

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Armaniston Mudofaa vazirligida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti missiyasi ilg‘or guruhining Armanistondagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. KXSHT Birlashgan shtab-kvartirasining xabar berishicha, guruh Armaniston-Ozarbayjon chegarasida keskinlikni yumshatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

“Dastlabki guruhga rahbarlik qilayotgan general-polkovnik Anatoliy Sidorov Armaniston Mudofaa vaziri Suren Papikyanga Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi ayrim hududlardagi vaziyatni tahlil qilish natijalari, asosiy xulosalar va tegishli chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar haqida ma’lumot berdi. Samimiy va konstruktiv fikr almashildi. Ishlab chiqilgan takliflar yuzaga kelgan keskinlikni yumshatishga qaratilgan”, deyiladi KXSHT Birlashgan shtab-kvartirasi matbuot xizmati xabarida.

Idoraning ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligidagi uchrashuvdan so‘ng KXSHT missiyasining oldingi guruhi Moskvaga jo‘nab ketgan.

KXSHT vakillari 15 sentyabr kuni Armanistonga yetib keldi. 17 sentyabr kuni KXSHT missiyasining oldingi guruhi Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi bir nechta ob’ektga tashrif buyurdi. Mutaxassislar Ozarbayjon bilan chegaraga tutash bir qancha hududlarda vaziyatni kuzatdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning provokatsiyalariga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etayotganiga ishora qilmoqda. 

To‘qnashuvlarda avvaliga Ozarbayjon tomonidan 77 nafar, Armanistondan 105 nafar harbiy halok bo‘lgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing