KXLda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Sport

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Kontinental xokkey ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Sochi” va “Avangard” o‘rtasidagi bahs ommaviy mushtlashuv bilan boshlandi. Shayba o‘yinga kiritilishi bilanoq, xokkeychilar mushtlashib ketdi va natijada janjalda ishtirok etgan 6 nafar o‘yinchining (“Sochi”dan Laypon, Bogdan Yakimov va Viktor Baldayev, “Avangard”dan Pavel Dedunov, Nikita Komarov va Ilya Kablukov) barchasi 5 daqiqa, yana bir xokkeychi esa 2 daqiqaga maydondan chetlatildi. 

Uchrashuvning 7-daqiqasi o‘tib borayotgan paytda, Dmitriy Kolgotin (“Sochi”) va Yaroslav Kosov (“Avangard”) ham o‘zaro janjallashdi. Bu safar Omsk shahri jamoasi vakili janjal keltirib chiqargani uchun 17 daqiqaga mezbonlar hujumchisi Kolgotin esa 5 daqiqaga maydondan chetlatildi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda “Avangard” jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 22 taga yetkazib oldi, “Sochi”da hisobida esa 12 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Sochi Avangard KHL KXL

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing