Putin Sochida o‘zi uchun yangi qarorgoh qurdirdi – OAV

Olam

image

Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning buzib tashlangan “Bocharov ruchey” qarorgohi o‘rnida yangi kompleks qurilishi yakunlanmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nashrning aniqlashicha, ishlar Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) davlat mudofaa buyurtmasi asosida olib borilmoqda. 2026 yilning kuzida olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida yangi korpus tomlari ko‘rinib turibdi. Qurilish yakunlanayotganidan, shuningdek, bu yil ichki pardozlash – yoritgichlar, santexnika va eshiklarni o‘rnatish bo‘yicha mutaxassislar qidirilgani ham dalolat beradi. BBC’ning qayd etishicha, yangi kompleks avvalgisiga qaraganda ancha kattaroq maydonni egallaydi.

Davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha shartnomalar haqidagi ma’lumotlar yopiq, ammo pudratchilar o‘rtasidagi nizo bo‘yicha sud qarorlaridan ba’zi tafsilotlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Qurilishning bosh pudratchisi “Transstroyinvest kompaniyalar guruhi” (TSI KG) anneksiya qilingan Qrimda ro‘yxatdan o‘tgan. Ishlarning salmoqli qismi supudratchilarga topshirilgan, ular orasida anneksiya qilingan Sevastopoldagi “Voyenmorproyekt-30” loyiha instituti, Orenburgning “SK Bashnya”, Moskva viloyatining “Renmedia” kompaniyalari bor.

“Transstroyinvest kompaniyalar guruhi”ning benefitsiari sifatida OAV ma’lumotlariga ko‘ra Putinning do‘sti Arkadiy Rotenberg bilan bog‘liq bo‘lgan 47 yoshli developer Aleksey Fomenko tilga olinadi. 

Eski “Bocharov ruchey” qarorgohini buzish 2024 yilda boshlangan va 2025 yil sentyabriga kelib uning o‘rnida kotlovan hosil bo‘lgan. Buzilish va uning sabablari haqida rasman xabar berilmagan. Avvalgi kompleksdan faqat 2014 yilgi Olimpiadaga qadar qurilgan “Bocharov ruchey-2” korpusi qolgan. Umuman olganda, Rossiya janubiga dronlar hujumi fonida Putinning Sochiga tashriflari soni sezilarli darajada kamaygan: 2024-2025 yillarda u shaharga faqat to‘rt marta tashrif buyurgan.

2026 yilda FXX “Bocharov ruchey” himoyasini kuchaytirishga va uning atrofida maydoni uch kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan qo‘riqlanadigan hudud yaratishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing