“Tango” yaxshi, lekin Ukraina “gopak”ni unutmasligi kerak – Putin 

Olam

;hf

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina bo‘yicha muzokaralarni hech qachon rad etmaganini, biroq Kiyev ularga tayyorligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishi kerakligini aytdi. Bu haqda u kecha, 15 sentyabr kuni Sochida Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Biz hech qachon muzokara qilishdan bosh tortmaganmiz, shuning uchun agar narigi tomon xohlasa, buni qilsin. Men buni aytyapman, ulardan hech narsa eshitmayapman “, degan Putin.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Kremlning “konstruktiv diplomatiya”dan manfaatdor emasligi haqidagi bayonotiga ham munosabat bildirgan. Blinken o‘shanda muzokaralar haqida gapira turib, “tango”ga tushish uchun ikki tomonning roziligi kerakligini aytgan. Putin esa uning aynan mana shu jumlasini kinoya qildi. 

“Tango yaxshi, ammo Ukraina uchun “gopak”ni (ukrain xalq raqsi) unutmaslik muhim. Aks holda ular har doim birovning musiqasi va birovning kuyiga raqsga tushadi. Amerikaliklarga kelsak, ular qanday o‘ynashni bilmayapti. Qo‘shma Shtatlar hamma narsani iqtisodiy sanksiyalar, moliyaviy cheklovlar, harbiy kuch tahdidi yoki undan foydalanish yordamida hal qilishga urinmoqda”, degan Rossiya yetakchisi. 

Avvalroq, Zelenskiy “Rossiya Ukraina hududida qolar ekan, urush davom etishini” aytgandi. Shuningdek, u Putin bilan gaplashish “o‘zini aldash” bilan barobarligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur uchrashuvda Lukashenko Putinga Shimoliy Koreya, Rossiya va Belarus o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Sochi Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing