KXDRning 11 ming askari allaqachon Kurskda – Zelenskiy
Olam
−
05 noyabr
4248Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun 11 ming Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyaning Kursk viloyatiga kelgan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 4 noyabr kuni kechqurungi videomurojaatida mamlakat Mudofaa vazirligi razvedka Bosh boshqarmasi va tashqi razvedka xizmatining hisobotlariga asoslanib ma’lum qildi.
“Biz shimoliy koreyaliklar sonining ko‘payishini ko‘rmoqdamiz, sheriklarning reaksiyalarining ko‘payishini ko‘rmayapmiz”, deb shikoyat qildi Ukraina rahbari.
Rossiya Ukraina armiyasiga qarshi KXDR harbiylaridan foydalanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirmagan. Biroq Prezident Vladimir Putin mamlakatda Shimoliy Koreya askarlari borligini tasdiqlagan. U KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani eslatib o‘tgan. Shuningdek, KXDR harbiylari Rossiyada ekaniga ishora qiluvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga quyidagicha munosabat bildirgan.
“Suratlar – jiddiy masala. Agar suratlar mavjud bo‘lsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi”, degan Rossiya Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi urushga jalb etishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreyadan borgan askarlar Ukraina Qurolli kuchlarining nishoniga aylangandi. Kecha, 4 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Soy Son Xini qabul qildi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi