KXDRda taktik yadro quroliga ega suv osti kemasi ishga tushirildi (fotoreportaj)

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirokida mamlakatda taktik yadro quroli bilan jihozlangan yangi suv osti kemasini ishga tushirildi. Bu haqda “Koreya Ovozi” xabar berdi.

Davlat yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, KXDR barcha og‘ir suv osti kemalarini modernizatsiya qilish va ularni taktik yadro qurollari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

“Ushbu reja Koreya Ishchilar partiyasining 8-kongressida bayon etilgan dengiz kuchlarini mustahkamlash liniyasining bir qismidir. Bu arzon narxlardagi modernizatsiya strategiyasi deb ataladi. Harbiy kemasozlikni qayta tiklash ustuvor yo‘nalish bo‘lib, undan chetga chiqishning iloji yo‘q. Vazifani eng qiyin sharoitlarda ham bajarish kerak”, deydi Kim Chen In.

Qayd etilishicha, 841-sonli yangi “Qahramon Kim Gong Ok” suv osti kemasining ishga tushirilishi joriy yilning 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya Mehnat partiyasining 8-kongressi 2021 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Yakuniy paradda Koreya markaziy axborot agentligi dunyodagi eng kuchli qurol deb atagan suvosti kemasidan uchiriladigan ballistik raketalar namoyish etilgan.

“Reuters” agentligi Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilgan fotosuratlarga tayanib, ular Pukguksong-5 raketalari bo‘lishi mumkinligini bildirgan, bu Pukguksong-4 ning takomillashtirilgan versiyasi 2020 yil oktyabr oyida namoyish etilgan.

“Yonhap” agentligi esa Janubiy Koreya va Amerika razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, KXDR 2021 yil aprelida og‘irligi 3000 tonna bo‘lgan yadroviy suv osti kemasini joylashtirishga tayyorligi haqida yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya yadro quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing