KXDRda noma’lum bezgakka chalinganlar soni tobora ortyapti 

Olam

image

Shimoliy Koreyada kecha, 14 may kuni yuqori isitma bilan kasallangan 296 mingdan ortiq yangi bemor qayd etildi, yana 15 kishi vafot etdi, kasallikka chalinganlar soni 820 mingdan oshdi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.  

Joriy yilning aprel oyi oxiridan boshlab mamlakatda noma’lum bezgak avj ola boshlagan. Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalarining bir qator xabarlaridan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda koronavirus tarqalmoqda, ammo aniq qancha bemorning COVID-19 bilan kasallanishi haqida ma’lumotlar berilmagan. 

Ta’kidlanishicha, 13 may kechki paytdan boshlab, 14 may soat 18:00 gacha mamlakatda yuqori isitmaga chalingan bemorlar soni 296 mingdan ortiq kishiga ko‘paygan, yana 15 kishi vafot etgan. 252 mingdan ortiq bemor tuzalib ketgan. 

Aprel oyining oxiridan 14 maygacha isitmasi bo‘lgan bemorlarning umumiy soni 820 mingdan ortiq kishini tashkil etadi, ulardan 496 ming nafari tuzalib ketgan, 324 mingdan ortig‘i hali ham davolanmoqda. 

Ayni paytda qurbonlar soni 42 kishini tashkil etmoqda. Ulardan kamida bittasida tahlillar natijasida BA.2 koronavirus shtammi (omicron) aniqlangan. 

Shimoliy Koreya mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning ko‘rsatmasi bilan “yuqori darajadagi favqulodda epidemiyaga qarshi tizim” o‘rnatgan, barcha shahar va tumanlarda lokdaun joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing