KXDR Janubiy Koreya elchilarini qabul qilishni rad etdi

Olam

image

Janubiy Koreya KXDRga mamlakat yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar olib borish uchun maxsus vakillarni yuborish imkoniyatini so‘radi, ammo rad javobini oldi. Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.

"Dushmanga qarshi bizning juda kuchli qarshi hujumimizdan vahimaga tushgan janubiy tomon “Prezident” Mun Chje In Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xavfsizlik direksiyasi boshlig‘i Chon Iy Yon va milliy razvedka xizmati rahbari So Xunni bizning Davlat kengashi raisining (Kim Chen In - tahr) oldiga maxsus vakil etib jo‘natdi. Ular tashrif sanasi yaqin ekanligini aytishdi, biroq bizning tomondan rad javobini oldi", deyiladi KMTA axborotida.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Qo‘mitaning tashviqot bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kim Yo Chjon bunday "bema’ni taklifga" rozi bo‘lishni "qat’iyan taqiqlagan". Chunki bu Seulning “hiyla-nayrangi”dan boshqa narsa emas, deyiladi xabarda. Agentlik hisobotida ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyaning elchilarni yuborish g‘oyasiga boshidanoq rozilik berilmagan. Chunki KXDRda koronavirus pandemiyasiga qarshi "misli ko‘rilmagan epidemiya choralari" ko‘rilmoqda. Shuning uchun mamlakatga kirish taqiqlanadi.

Kecha, 16 iyun kuni KXDRdagi Keson sanoat kompleksi hududida joylashgan koreyslararo aloqa idorasi binosining portlatib yuborildi.

KXDR rasmiylari Shimoliy Koreyaga targ‘ibot varaqalarini yuborganiga javoban Janubiy Koreya bilan barcha aloqa vositalarini to‘xtatgan edi.

Ushbu voqealarga o‘z munosabatini bildirar ekan, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashviqot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kim Ye Chjo "agar Janubiy Koreya rasmiylari, bu vaziyatning davom etishiga imkon bersa, buning javobining narxi yuqori bo‘ladi"degan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing