KXDR Yapon dengizi tomon ikkita snaryad uchirdi 

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon ikkita snaryad uchirdi, ularning parvozining maksimal balandligi 25 kilometrni tashkil etdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi.  

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiylari kecha, 16 aprel kuni taxminan soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan 14:00) KXDR tomonidan Koreya yarimorolining sharqiy sohilidagi Xamxin shahri hududidan Yapon dengiziga qarab ikkita snaryad otilganini qayd etgan. 

“Janubiy Koreya harbiy va razvedka idoralari zudlik bilan vaziyatni muhokama qildi. Janubiy Koreya va AQSH razvedka idoralari chuqur tahlil o‘tkazmoqda”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi yangi taktik boshqariladigan qurol tizimining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishini nazorat qilgan. 

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi joriy yilning 24 mart kuni yapon dengizi tomonga raketa uchirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing