KXDR yadroviy sinovlar poligonini tiklashni boshladi

Olam

image

BMT Bosh kotibining Yaqin Sharq, Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha yordamchisi Xolid Xari kecha, 11 may kuni Shimoliy Koreyaning “Pxungeri” yadro poligonida qurilish ishlari qayta boshlangani haqida dalillar borligini aytdi.

“2018 yilda yopilgan deb e’lon qilingan “Pxungeri” yadro poligonida qurilish ishlari qayta boshlangani haqida dalillar bor”, deydi u BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, bu KXDR yadro dasturining rivojlanishidan dalolat beradi.

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati rahbari Pak Ji Von,  KXDR hukumati may oyida, Janubiy Koreyaning saylangan Prezidenti inauguratsiyasi va AQSH yetakchisi Jo Baydenning Seulga tashrifi oralig‘ida yadroviy sinovlar o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR yadroviy sinovlar

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing