KXDR raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazganini e’lon qildi
Olam
−
27 iyun
3822Shimoliy Koreya alohida boshqariladigan kallaklarga ega raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 27 iyun kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya alohida manyovrli kallaklarga ega raketalarni yaratish doirasida muhim sinovni muvaffaqiyatli o‘tkazgan. Sinov kecha, 26 iyun kuni qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan o‘rta va uzoq masofali ballistik raketaning birinchi bosqichli dvigateli yordamida o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, raketaning jangovar kallaklari muvaffaqiyatli ajratilgan va oldindan belgilangan uchta nishonga aniq mo‘ljallangan.
“Sinovdan maqsad bir nechta jangovar kallaklar yordamida turli nishonlarni yo‘q qilish qobiliyatini ta’minlash edi”, deyiladi xabarda.
Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya raketa uchirilishini BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzish va jiddiy tahdid sifatida qoraladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya o‘zining sharqiy qirg‘oqlari tomon gipertovushli raketa uchirganini, biroq u havoda portlaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi