KXDR noma’lum raketa uchirdi – OAV
Olam
−
24 mart 2022 11391 1 daqiqa
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 24 mart kuni yapon dengizi tomonga noma’lum raketani uchirdi. Bu haqda “Yonhap” Janubiy Koreya armiyasiga asoslanib, xabar bergan.
Otilgan raketaning ballistik raketa ekani va u qaysi masofadan uchirilgani hozircha noma’lum.
Yaponiya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Janubiy Koreya harbiylari 16 mart kuni “muvaffaqiyatsiz” ballistik raketa sinovini o‘tkazgan Shimoliy Koreyaning harakatlarini diqqat bilan kuzatayotganliklarini aytgan.
Live
Barchasi