Rossiya Ukrainaga yana raketa zarbasi berdi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Bugun, 7 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab raketalar, shu jumladan, ballistik raketalar va dronlar bilan zarba berdi. Bu haqda “Meduza” xabar qildi.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, shaharda Obolon, Shevchenko va Podol tumanlaridagi noturar binolar, ofislar va omborlar shikastlangan. Darnitsa tumanida Rossiya zarbasi oqibatida garajda yong‘in chiqqan, ikki kishi halok bo‘lgan, ikki kishi qutqarilgan. Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning boshqa hududlariga ham zarbalar bergan.

Chernigov viloyatining Priluki shahrida raketa zarbasi oqibatida besh qavatli turarjoy binosi shikastlangan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati Prilukida to‘rt kishi halok bo‘lganini, 20 kishi, jumladan, uch nafar bola yaralanganini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Kremenchug shahrida ham turarjoy binolari shikastlangan, mahalliy hokimiyat jabrlanganlar haqida xabar bermagan. Zaporojeda transport infratuzilmasi ob’ektiga, Dneprda esa sanoat korxonasiga hujum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum tayyorlayotganini aytib, aholini ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing