KXDR qay holatda Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilashi ma’lum qilindi 

Olam

image
0:00
0:00
download
“Prezident bo‘lishga noloyiq”. Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya rahbariga “tosh otdi” north_east

“Prezident bo‘lishga noloyiq”. Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya rahbariga “tosh otdi”

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechsa, Pxenyan u bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi targ‘ibot va tashviqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ma’lum qilgan. 

Hisobotga ko‘ra, agar Koreya Respublikasi dushmanlik munosabatidan voz kechsa, Shimol ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan “konstruktiv muloqot” uchun ochiq bo‘ladi. 

Shuningdek, Kim Yo Chjon Janubiy Koreya rahbari Mun Chje Inning Koreya urushini tugatish deklaratsiyasini imzolash haqidagi taklifini “qiziqarli, yaxshi g‘oya” deb atagan. 

Avvalroq, Kim Yo Chjon Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inni tanqid qilgani, bu bayonot esa KXDR ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilinmagani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing