KXDR ballistik raketa uchirdi – Yaponiya
Olam
−
04 yanvar 3486 2 daqiqa
Bugun, 4 yanvar kuni Yaponiya Dengiz xavfsizligi xizmati Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tomonidan yana bir ehtimoliy raketa uchirilganini aniqladi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Qayd etilishicha, raketa uchirilishi haqidagi birinchi ogohlantirish mahalliy vaqt bilan 07:57 da, ikkinchisi esa 08:08 da e’lon qilingan.
“Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hududidan uchirilgan va ballistik raketa bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ekt, ehtimol, allaqachon qulab tushgan. Kemalarga keyingi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatish, shuningdek, ehtimoliy qulayotgan jismlar aniqlangan taqdirda ularga yaqinlashmaslik va bu haqda Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmatiga xabar berish tavsiya etiladi”, deyiladi Yaponiya Dengiz xavfsizligi xizmati xabarida.
Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumining aytishicha, KXDR tomonidan uchirilgan ballistik raketalar 950 kilometrgacha masofani bosib o‘tgan va parvozning maksimal balandligi 50 kilometrni tashkil etgan.
“Birinchi raketa taxminan mahalliy vaqt bilan 07:54 da uchirilgan, parvozining maksimal balandligi qariyb 50 kilometr bo‘lgan va taxminan 900 kilometr masofani bosib o‘tgan. Ikkinchi raketa esa taxminan 08:05 da uchirilgan, maksimal balandligi qariyb 50 kilometr bo‘lib, taxminan 950 kilometr masofani bosib o‘tgan. Shuningdek, har ikkala ballistik raketa ham manevrli trayektoriya bo‘ylab uchgan bo‘lishi mumkin, bu boradagi tahlil hozirda davom etmoqda”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya yarimoroli g‘arbida, Sariq dengiz yo‘nalishida amalga oshirilgan ikki uzoq masofali strategik qanotli raketaning sinov uchirishini shaxsan kuzatgandi.
Live
Barchasi