KXDR askarlari Janubiy Koreya chegarasini qisqa vaqtga buzib o‘tdi

Olam

image

Shimoliy Koreya askarlari Janubiy Koreya bilan chegarani buzib o‘tdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, askarlarning Janubiy Koreya va KXDR chegarasidagi demilitarizatsiya zonasini buzib o‘tishi 2024 yilning iyun oyi boshidan beri kuzatilgan uchinchi holatdir. Bundan oldingilari esa 9 va 18 iyun kunlari qayd etilgan.

Janubiy Koreya chegarachilari bir necha marta ogohlantiruvchi o‘q uzgandan so‘ng, askarlar Shimoliy Koreya hududiga qaytib o‘tgan. Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi mahalliy vaqt bilan taxminan 11:00 da kuzatilgan voqeaning tasodifiy bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Agentlikning keltirishicha, qoidabuzarliklar KXDR chegarani mustahkamlash uchun ko‘p sonli qo‘shinlarni tartibga solayotgani bilan bog‘liqdir.

“Ayni paytda ular (Shimoliy Koreya askarlari) chegalarda minalar yotqizmoqda, to‘siqlar sifatida tankka qarshi devorlar qurmoqda. Shuningdek, yo‘llarni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda”, deyilgan agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun, iyun oyining birinchi dekadasida ham Shimoliy Koreya askarlari chegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratuvchi demilitarizatsiya zonasi doirasidagi demarkatsiya chizig‘ini qisqa muddat kesib o‘tganidan so‘ng Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvchi o‘q uzgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreyaga axlat to‘ldirilgan sharlarni uchirishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

chegara Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made