Kiyevga yana havo hujumi uyushtirildi 

Olam

image

Rossiya harbiylari Ukraina poytaxti Kiyevga havo zarbalari berdi. Bu haqda Kiyev shahar harbiy boshqarmasi o‘z Telegram-kanalida xabar qildi.

“May boshidan beri poytaxtga to‘qqizinchi havo hujumi! Bu safargi hujum Kaspiy mintaqasidagi Tu-95MS va Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari, ehtimol X-101/555 tipidagi qanotli raketalar yordamida amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, raketalar uchirilgandan so‘ng Rossiya kuchlari poytaxt uzra o‘zlarining razvedkachi uchuvchisiz samolyotlarini joylashtirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev havo hududidagi barcha nishonlar aniqlangan va yo‘q qilingan.

Poytaxtning Desnyanskiy va Darnitskiy tumanlarida raketa bo‘laklarining qulashi oqibatida yong‘in yuz bergan. 

“Raketalarning soni, turi va uchuvchisiz samolyotlar haqidagi yakuniy ma’lumotlar yaqin orada Harbiy havo kuchlari tomonidan e’lon qilinadi”, deyiladi Kiyev shahar harbiy boshqarmasi bayonotida.

Hozirda Ukrainaning turli mintaqalarida havo hujumi haqida ogohlantirishlar yangramoqda. Rossiya tomoni esa hozircha Ukraina poytaxtiga hujum uyushtirilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing