Kiyevga Tomahawk berish yadroviy urushni qo‘zg‘atadi – Lukashenko
Olam
−
15 Oktabr 3353
AQSH tomonidan Ukrainaga Tomahawk raketalarining berilishi keskinlashuvga va dunyoni yadro urushi yoqasiga olib kelishi mumkin. Bu haqda belaruslik Aleksandr Lukashenko kecha, 14 oktyabr kuni hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati “Ukrainada tinchlik o‘rnatishni” maqsad qilgan.
“Hech qanday Prezident (Ukrainadagi urushni to‘xtatishni) masalani hal qilmaydi. Bu yadro urushigacha bo‘lgan vaziyatni keskinlashtiradi. Ehtimol, buni (AQSH Prezidenti) Donald Tramp hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunadi, u Prezident Zelenskiy umid qilganidek, bu o‘lim qurolini berishga va Rossiyaning ichkarisiga zarba berishga ruxsat berishga shoshilmayapti”, deydi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikaning Tomahawk qanotli raketalarining Ukrainaga topshirilishi Rossiyaning 2000 ga yaqin harbiy ob’ektlarini yo‘q qilish xavfini tug‘diradi.
Ma’lumot uchun, Tomahawk – AQSHda ishlab chiqilgan uzoq masofali qanotli raketa bo‘lib, asosan, yerga qarshi hujumlar uchun mo‘ljallangan. U subsonik tezlikda, taxminan Mach 0.7–0.8 (900 km/soat atrofida) uchadi va 1 600 kilometrgacha masofadagi nishonlarni urishga qodir. Raketani kemalar yoki suvosti kemalaridan uchirish mumkin. Tomahawk GPS, inersiya va relefga asoslangan navigatsiya tizimlari orqali yo‘naltiriladi, bu esa unga past balandlikda parvoz qilib, dushman radarlaridan yashirinish imkonini beradi. Shu sababli, u aniq, uzoq masofali va strategik jihatdan muhim qurollardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Kiyevga Tomahawk – uzoq masofali qanotli raketasini bermoqchiligi ma’lum qilingandi.