Kiyevda shifokorlar maosh istab, norozilik namoyishiga chiqdi

Olam

image

Bugun, 23 iyun kuni Ukraina poytaxti Kiyevda shahar kasalxonalari shifokorlari mablag‘ yetishmasligi sababli norozilik namoyishiga chiqdi.

Ta’kidlanishicha, aksiyada Kiyev perinatal tibbiyot markazi va Ko‘z mikroxirurgiyasi markazining o‘nlab xodimlari qatnashgan.

Namoyishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning kasalxonalarini moliyalashtirish to‘xtatilgan va shuning uchun ularga endi maosh berilmayapti.

"Biz may oyigacha maoshimizni oldik. Hozir esa avans ham, maosh ham ololmayapmiz” deyishdi shifokorlar. Ular davlatdan kommunal moliya tizimiga o‘tishni so‘ramoqda.

Shifokorlar moliyalashtirishning to‘xtatilishini tibbiy islohotning ikkinchi bosqichi kuchga kirishi bilan bog‘lashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing