Kiyev va boshqa Ukraina shaharlariga havo hujumi uyushtirildi

Olam

image

Bugun, 30 avgustga o‘tar kechasi Kiyev, Odessa, Krivoy Rog va Ukrainaning boshqa viloyatlarida portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari va Ukraina OAVlari xabar berdi. 

Poytaxt meri Vitaliy Klichko Kiyevda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirilganini ma’lum qilgan. Shaharning Darnitsa va Shevchenko tumanlarida raketa qoldiqlari qulashi va yong‘inlar qayd etilgan.

“Strana.ua” xabariga ko‘ra, portlashlardan sal avval Kiyev tomon raketalar uchirilgan. Qayd etilishicha, kiyevliklar himoya boshpanalariga yashirinishga chaqirilgan. Birinchi portlashlar haqidagi ma’lumotlar taxminan soat 08:00 da paydo bo‘lgan.

Portlashlar Krivoy Rog, Kirovograd, Odessa va Cherkasda ham sodir bo‘lgan. Kechasi butun Ukraina bo‘ylab havo ogohlantirishi eshitilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa harbiy nishonlarga zarba berishini aytdi. Masalan, vazirlik avvalroq dronlar yordamida “Rossiya Federatsiyasiga qarshi terrorchilik harakatlari tayyorlanayotgan” ob’ektlarga, shuningdek, Odessa shahri hududida ular ishlab chiqarilgan joylarga zarba berganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 avgust kuni Rossiyaning Pskov shahridagi aerodromga dron hujumi uyushtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kiev havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing