Kiyev Londondagi konferensiya yakunlari bo‘yicha 6,5 mlrd dollar olish niyatida

Olam

image

Ukrainaga mamlakatni tiklash uchun 6,5 milliard dollar kerak. Bu haqda bugun, 21 iyun kuni Londonda ochilgan Ukrainani tiklash bo‘yicha ikkinchi konferensiyada Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Kiyev mazkur konferensiya yakunlari bo‘yicha tegishli miqdordagi yordamni olishga umid qilmoqda. Ukrainaning G‘arbdagi hamkorlari, jumladan, xalqaro tashkilotlar yaqin oylarda mamlakatni tiklash uchun 4,5 milliard dollar ajratishga va’da qilgan. 

“Bizga hali ham 6,5 milliard dollar kerak. Biz ushbu konferensiya yakunlari bo‘yicha shuncha miqdorda mablag‘ ajratishga oid va’dalarga erishish yuzasidan ulkan maqsadni qo‘yganmiz", deydi Ukraina Bosh vaziri.

Ma’lumot uchun, ikki kun davom etadigan tadbirda 61 davlatdan 1000 dan ortiq xorijlik mehmonlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ushbu konfrensiyada Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen va Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimaxa Xayashi ishtirok etishi aytilgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa videoaloqa orqali muhokama ishtirokchilariga murojaat yo‘llashi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

konferentsiya Ukraina London

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing