Kiyev islohotlar o‘tkazsa, YeIga qo‘shilishiga umid qilishi mumkin – Rim 

Olam

image

Italiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun hamma narsani qiladi. Kiyev esa ittifoq qoidalariga rioya qilishi va islohotlar o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani “Messaggero” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz uning [Ukraina] qo‘shilishi uchun hamma narsani qilamiz. Albatta, bir shart bilan: Kiyev YeI qoidalariga rioya qiladi va zarur islohotlarni amalga oshiradi, masalan, korrupsiyaga qarshi kurashda. Biz Ukraina uchun tezlashtirilgan yo‘lga umid qilamiz. G‘arbiy Bolqon uchun ham”, degan Antonio Tajani.

Rim Kiyevning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlayaptimi, degan savolga javob berar ekan, vazir “bosqichma-bosqich yo‘l” kerakligiga ishora qilgan. 

“Birinchi qadam Ukraina-NATO kengashini tuzish va 2008 yilda Buxarestda boshlangan kengayish yo‘lini mojaro tugaganidan so‘ng qaytadan boshlashdir”, deydi vazir.

Shuningdek, Italiya Tashqi ishlar vaziri Vatikan va Turkiyaning kelishuvga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarini olqishlashini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga u Rim uchun faqat adolatli tinchlik borligini, bu Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklashni nazarda tutayotganini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing