Kiyev Donetskdan bolalarni majburan evakuatsiya qilishga qaror qildi – OAV
Olam
−
02 aprel 2023
8768Ukraina hukumati Donetsk hududida joylashgan Slavyanskdan bolalarni majburan evakuatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda “Ukrinform” agentligi xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, shahar harbiy-fuqarolik ma’muriyati vasiylik va homiylikdagi bolalarni majburan olib chiqish kerak degan qarorga kelgan.
Shu bilan birga, vasiylar Donetsk viloyatini imkon qadar tezroq tark etishlari kerak. Agar bu rad etilgan taqdirda ular vasiylik yoki homiylik majburiyatlaridan mahrum bo‘ladi va bolalar majburan evakuatsiya qilinadi.
Qayd etilishicha, Slavyanskda yetim yoki ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bolalarni tarbiyalayotgan 23 ta oila bor.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada urush boshlanganidan beri 201 nafar qiz va 256 nafar o‘g‘il bola vafot etgan, 31 nafar bolaning jinsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan.
LiveBarchasi