Kitobdagi xaroba Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boshqa joyga ko‘chirildi
Jamiyat
−
04 may 2021
4002Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bosha bolalar uyiga ko‘chirildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi Ishchi guruhi 14-15 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida o‘rganish o‘tkazgan.
Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 65 nafar tarbiyalanuvchilarni Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyiga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida viloyat hokimligi mutasaddilariga tavsiyalar berilgan.
Ishchi guruhi tavsiyasiga asosan, joriy yil 2 may kuni Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyiga ko‘chirildi.
“Tarbiyalanuvchilarni 4-sonli Mehribonlik uyi jamoasi yuqori kayfiyatda kutib oldi, tarbiyalanuvchilar u yerda yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanligini bildirishdi”, deyiladi Senat xabarida.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyida bolalar ayanchli holda yashayotgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, bolalar uyi direktori va ombor mudiri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, 5-Mehribonlik uyidagi vaziyat yuzasidan viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, xalq ta’limi, moliya, IIB, SEO va JSX, bandlik bosh boshqarmalari mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishni boshlagandi.
LiveBarchasi