Kitobda koronavirus yuqtirishda gumonlangan fuqaro vafot etdi. SSV o‘lim tafsilotlarini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati sabab tuman karantinga olingani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 31 may kuni koronavirus yuqtirishda gumonlangan bemor ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Gumonlanuvchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro N.O. Kitob tumanida yashagan. U 2020 yil 10 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasiga ketgan. Joriy yil 9 may kuni mamlakatga qaytib kelgan va Toshkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. 10 may kuni esa Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

O‘tkazilgan diagnostik taxlillardan so‘ng bemorda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan avval u jigar sirrozi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 29 may kuni Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasiga olingan taxlil unda gumon natijani qayd etgani bois surtma namunalari 31 may kuni o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, maxsus laboratoriyaga yuborilgan. Shu kuni u o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga gumonlangan marhum bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida statsionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi to‘liq karantinga yopilgan.

“Shu yilning 31 may kuni yuborilgan surtma namunalarini takror tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhum bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Demak, bir oy ichida o‘tkazilgan ikkinchi bor diagnostik taxlil ham N.O. COVID-19 infeksiyasiga chalinmaganligini ko‘rsatgan. U yondosh kasalliklar tufayli vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, qat’iy sanitariya qoidalariga ko‘ra, karantinga olingan fuqarolar ma’lum muddat tibbiy kuzatuvda bo‘lishadi”, deyiladi SSV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1001

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing