Kisida Kiyevga yetib keldi
Olam
−
21 mart 2023
5850Bugun, 21 mart kuni Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Kiyevga keldi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kisida Hindistondan Polshaga uchib kelgan va u yerdan Kiyevgacha poyezdda kelgan. Yaponiya jamoat televideniyesi tomonidan namoyish etilgan kadrlarga ko‘ra, Yaponiya hukumati rahbarini Kiyevdagi temir yo‘l vokzalida Ukraina Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Emine Japarova kutib olgan.
Yaqin orada Yaponiya Bosh vaziri Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda. Bu Kisidaning Ukrainaga Rossiya bosqini boshlangandan beri birinchi tashrifi. Unga Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Takeo Akiba va Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari hamrohlik qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Kisidaning tashrifi axborot xavfsizligi choralariga rioya qilingan holda rejalashtirilgan. Shuning uchun ham Tokio tashrif haqida oldindan e’lon bermagan. Rasmiy jadvalga ko‘ra, u bugun, 21 mart kuni tushdan keyin Hindistonni tark etishi kerak bo‘lgan.
LiveBarchasi