Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida kabineti parlamentning kecha, 30 sentyabr kuni yakunlangan navbatdan tashqari sessiyasida iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakatning “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.

Bugun, 1 oktyabr kuni parlamentda Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Sigeru Isibani hukumatning yangi rahbari etib tayinlash bo‘yicha ovoz berilishi kutilmoqda.

Isiba 27 sentyabr kuni ikki tur ovoz berishdan so‘ng LDP raisi etib saylandi.

“Men xalqimizga ishonaman, haqiqatni dadil va samimiy gapiraman va Yaponiyani hamma yana tabassum bilan yashashi mumkin bo‘lgan xavfsiz mamlakatga aylantirish uchun bor kuchimni ishga solaman”, dedi siyosatchi saylanganidan keyin.

Sigeru Isiba LDPdagi eng tajribali siyosatchilardan biri bo‘lib, bir necha davlat lavozimlarida ishlagan: Mudofaa vaziri (2007-2008), Qishloq xo‘jaligi vaziri (2008-2009) va Aholi sonining qisqarishiga qarshi kurashish va mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish vaziri (2014-2016).

2002 yildan 2004 yilgacha Isiba Milliy mudofaa agentligini boshqargan va Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarini o‘zgartirishdagi asosiy shaxslardan biriga aylandi. Rasmiy Yaponiyaning birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshining muvaffaqiyatli uchirilishi va SM-3 Blok IIA ballistik raketasining Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda ishlab chiqilishini nazorat qildi, shuningdek, Yaponiya harbiy xizmatchilarining 2003 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz xorijda birinchi marta – Iroqqa joylashtirilishiga yordam berdi.

30 sentyabr kuni Sigeru Isiba muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi tarafdori ekanini ma’lum qildi.

“Yangi hukumat imkon qadar tezroq xalq hukmini tinglashi muhim”, dedi siyosatchi bu borada.

Muddatidan oldin saylovlar rejalashtirilganidan bir yil oldin, 2023 yilning 27 oktyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya sobiq Bosh vaziri Fumio Kisida mamlakatning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) raisi saylanganidan keyin hukumat rahbari lavozimini tark etishini aytgan edi. Kisida saylovda qatnashmaslikka qaror qilgandi, chunki hukumat reytingi bir qator mojarolar tufayli, asosan, LDPga siyosiy xayriyalarni yig‘ishda moliyaviy hisobot qoidalarini buzish tufayli rekord darajaga tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Fumio Kisida Sigeru Isiba Liberal-demokratik partiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing