Kishinyovda yana niqob rejimi joriy etildi
Salomatlik
−
19 avgust
5770Moldova poytaxti Kishinyovda COVID-19 bilan kasallanish darajasi oshdi. O‘tgan hafta shaharda 453 ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan Shoshilinch tibbiy yordam instituti vakillari infeksiyani yuqtirish xavfini minimallashtirish uchun fuqarolarni jamoat joylarida niqob taqishni qaytadan boshlashga chaqirdi. Tibbiy-ijtimoiy yordam bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Marina Buga Kishinyov meriyasi xizmatlari yig‘ilishida bugun, 19 avgustdan boshlab COVID-19’ning og‘ir va o‘rtacha og‘irligi qayd etilgan bemorlar shahar klinik ftiziopulmonologiya shifoxonasiga yotqizilishini ma’lum qildi.
“Bugungi kunda munitsipalitetda COVID bilan kasallangan bemorlarni shifoxonaga yotqizish uchun 64 ta karavot mavjud. Shuningdek, bugunga qadar koronavirus infeksiyasi aniqlangan 54 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizilgan, ularning barchasining ahvoli o‘rtacha. Shifokorlar nazorati ostida uyda davolanayotgan bemorlar bor”, deya ta’kidladi Buga.
LiveBarchasi